JIDUda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining xalqaro raqobatbardoshligini oshirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 5-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining xalqaro raqobatbardoshligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Anjumandan ko‘zlangan maqsad global o‘zgarishlar sharoitida O‘zbekistonning jahon bozoridagi o‘rnini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, eksport va investitsiya jozibadorligini rivojlantirish bilan bog‘liq asosiy muammo va imkoniyatlarni muhokama qilishdan iborat.

    Tadbirda JIDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori, professor Gulnoza Ismailova, Innovatsiyalarni joriy qilish va Texnologiyalar transferi milliy ofisi, O‘zbekiston Respublikasi Мarkaziy Banki Pul-kredit siyosati departamenti, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari, shuningdek, JIDU professor-o‘qituvchilari, talabalar, doktorantlar va magistrantlar  ishtirok etdi.

    Tadbir doirasida ma’ruzachilar xalqaro iqtisodiyot, xalqaro savdo, moliya, huquq, sotsiologiya va boshqa fanlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlarni taqdim etdilar.

    Xalqaro anjuman JIDU “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda  quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muhokama olib borildi: O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro raqobatbardoshlik darajasi va uning omillari, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida eksport salohiyatini oshirish strategiyalari, raqobatbardoshlikning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari sifatida innovatsiyalar, raqamlashtirish va texnologik rivojlanishning roli, investitsiyalarni jalb etish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar, shuningdek, xalqaro iqtisodiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va imkoniyatlari.

    Anjuman olimlar, ekspertlar va biznes vakillari o‘rtasida fikr almashish imkonini berib, O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro maydonda raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha qator takliflarni shakllantirish imkonini berdi.