
JIDUda “Sun’iy intellekt texnologiyalarining huquq sohasida tutgan o‘rni” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi
JIDUda “Sun’iy intellekt texnologiyalarining huquq sohasida tutgan o‘rni” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

Joriy yilning 19-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Smartlex kompaniyasining vakillari JIDU Yuridik klinikasi bilan hamkorlikda “Sun’iy intellekt texnologiyalarining huquq sohasida tutgan o‘rni” mavzusida seminar-trening mashg‘ulotlari hamda Smartlex sun’iy intellektining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Seminar-trening mashg‘ulotida talabalarga raqamli texnologiyalarning hozirgi kundagi o‘rni va ayni paytda undan to‘g‘ri maqsadlarda foydalangan holda, amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot davomida Smartlex dasturidan foydalanish bo‘yicha qimmatli ko‘rsatmalar, sun’iy intellektning huquqshunos ishidagi samarasi haqida ham atroflicha talabalarga ma’lumot berib o‘tildi. JIDU Yuridik klinika vakillari tomonidan ushbu dasturni takomillashtirish bo‘yicha, xususan intellektning doirasini kengaytirish, unga Xalqaro huquq va Xalqaro xususiy huquq normalarini qo‘shish bo‘yicha bir qator takliflar ilgari surildi.
Seminar-trening yakunida kompaniya vakillari va talabalar o‘rtasida davra suhbati shaklida savol-javoblar tashkil qilindi. Bunday shakldagi mahorat darslari talabalarning nazariy bilimlarini orttiribgina qolmasdan, talabalar uchun yangi texnologiyalar va dasturlarni amaliyotda o‘z sohasiga qo‘llash uchun dastlabki qadam vazifasini o‘taydi.
Sana: | 21.02.2025 |
Ko'rganlar soni: | 61 |
Ulashish: |