JIDUda OITS va OIVga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik seminar tashkil etildi

JIDUda OITS va OIVga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik seminar tashkil etildi

    JIDUda OITS va OIVga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik seminar tashkil etildi

    JIDUda OITS va OIVga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik seminar tashkil etildi

    Joriy yilning 4-mart sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti tyutori I. Narqulova tomonidan 2-bosqich talabalari uchun OITS va OIVga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik seminar tashkil etildi.

    Talaba yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan seminarni Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazidan oliy toifali shifokor mutaxassis Gulnur Mamatova olib bordi. U talabalarga kasalliklarning yuqish yo‘llari, uning oldini olish va himoyalanish choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi.

    Shuningdek, so‘nggi yillarda bu kasallik, ayniqsa, yoshlar orasida keng tarqalayotgani, bilmasdan bosilgan birgina noto‘g‘ri qadam insonning kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.

    Suhbat davomida ma’ruzachi talabalarga sog‘lom hayot tarziga qat’iy amal qilish, sport bilan shug‘ullanish, bo‘sh vaqtlarini ilm olish orqali mazmunli sarflash va keraksiz narsalarga vaqt sarflamaslik haqida maslahatlar berdi. U OITS va OIV bilan kasallangan bemorlarning taqdiridan misollar keltirib, to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga yordam berdi.

    Tadbir yakunida talabalar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javob oldilar.