
“PhD sari qadam” loyihasi yuzasidan ekspertlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
“PhD sari qadam” loyihasi yuzasidan ekspertlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yoshlar ishlari agentligi va Respublika yosh olimlar kengashi hamkorligida tashkil etilgan “PhD sari qadam” loyihasining navbatdagi ekspertlar yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Gulnoza Ismailova ishtirok etdi.
Taqdimot davomida loyihaning navbatdagi mavsumini tashkil etish, dars jarayonlariga professor-oʻqituvchilarni jalb qilish boʻyicha bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, loyihaga qabul qilinadigan ishtirokchilarning qamrovi, tanlov mezonlari va kelgusi rejalar muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida loyihani yanada takomillashtirish, ishtirokchilarga ilmiy va amaliy yordam ko‘rsatish hamda ularning tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim takliflar ilgari surildi. Ekspertlar ishtirokchilar uchun metodik ko‘rsatmalar, mentorlik dasturlari va ilmiy loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha yangi yo‘nalishlar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladilar.
Ushbu uchrashuv loyihaning samaradorligini oshirish va yosh olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Sana: | 19.03.2025 |
Ko'rganlar soni: | 283 |
Ulashish: |