JIDU va YUNESKO: hamkorlik mustahkamlanmoqda va universitet ARM boyitilmoqda

JIDU va YUNESKO: hamkorlik mustahkamlanmoqda va universitet ARM boyitilmoqda

    JIDU va YUNESKO: hamkorlik mustahkamlanmoqda va universitet ARM boyitilmoqda

    JIDU va YUNESKO: hamkorlik mustahkamlanmoqda va universitet ARM boyitilmoqda

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) professor-o‘qituvchilari tarkibining YUNESKOdagi O‘zbekiston Respublikasining Doimiy vakolatxonasi vakili bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-iyuldagi PQ-330-sonli "Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.

    Uchrashuvning asosiy maqsadi JIDU va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar o‘rtasida faol hamkorlikni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda O‘zbekistonning YUNESKOdagi Doimiy vakolatxonasi birinchi kotibi Behruz Qodirov hamda JIDU Xalqaro huquq va davlat-huquqiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Nargiza Kadirova ishtirok etdi.

    Muhokamalar davomida vakolatxona tomonidan universitet ARMga ilmiy va badiiy adabiyotlarni topshirish masalalari ko‘rib chiqildi, shuningdek, hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha keyingi qadamlar belgilab olindi.

    Universitet Axborot resurs markazini xorijiy adabiyotlar bilan boyitish tashabbusi doirasida YUNESKOdagi O‘zbekiston Respublikasining Doimiy vakolatxonasi tomonidan quyidagi nashrlar taqdim etildi:

    ·        «Visions of Splendour in Islamic Art and Culture»

    ·        «Age-Old Cities. A Virtual Journey from Palmyra to Mosul»

    ·        «Alula, Wonder of Arabia»

    ·        «Sur les routes de Samarcande. Merveilles de soie et d'or».

    Mazkur tashabbus JIDUning xalqaro hamkorligini kengaytirish, uning ilmiy salohiyatini oshirish va kutubxona fondini islom san’ati, madaniyati va tarixi bo‘yicha qimmatli nashrlar bilan boyitishga xizmat qiladi. Universitet talaba va o‘qituvchilarining ilmiy va ta’lim imkoniyatlarini mustahkamlash maqsadida xalqaro tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar bilan akademik aloqalarni rivojlantirishni davom ettiradi.