JIDUda Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150-yilligi munosabati bilan kitobxonlik kechasi o‘tkazildi

    Joriy yilning 4-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Mahmudxoja Behbudiy tavalludining 150-yilligi munosabati bilan JIDU talabalari uchun kitobxonlik kechasi otkazildi.

    Tadbirni JIDU Besh muhim tashabbus markazi rahbari Shohida Shаkirova ochib berib, Behbudiyning fidokorona faoliyati, marifat yolidagi xizmatlari va bugungi kunda ham dolzarbligini yoqotmagan ijodiy merosi haqida fikrlar bildirdi. Shuningdek, u yoshlarni ilm-ma’rifat sari intilishga, kitobga mehr qo‘yishga undadi.

    Tadbir doirasida Behbudiyning hayoti va ijodi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Ishtirokchilar buyuk ma’rifatparvarning murakkab hayot yo‘li, ma’naviy-ma’rifiy qarashlari hamda uning asarlarining bugungi kun uchun ahamiyati borasida fikr almashdilar.

    Shuningdek, iqtidorli talabalar Behbudiyning faoliyati va ijodiga bag‘ishlangan maxsus taqdimotlar tayyorlab, o‘z chiqishlarida uning millat taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlarini batafsil yoritib berdilar. Savol-javob shaklida o‘tgan qizg‘in munozaralar esa tadbirga yanada jonlilik bag‘ishlab, ishtirokchilarni o‘zaro bahs-munozaraga chorladi.

    Bu kabi ma’rifiy kechalar yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirish va milliy adabiyotimizning buyuk siymolari bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbir yakunida ishtirokchilar Behbudiyning asarlarini yanada chuqur o‘rganish va uning ma’rifiy g‘oyalarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha o‘z oldilariga maqsad qo‘ydilar.