
JIDUda global o‘zgarishlar sharoitida Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
JIDUda global o‘zgarishlar sharoitida Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

2025-yil 24-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Global geoiqtisodiy jarayonlar transformatsiyasi sharoitida Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya rivojlanayotgan global jarayonlar kontekstida Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM)ga erishishda milliy iqtisodiyotni transformatsiya qilishning konseptual asoslari, mintaqada mavjud muammolar va imkoniyatlarni hal qilishga qaratilgan dolzarb masalalarni o‘z ichiga oldi. Konferensiyada nufuzli xorijiy va mahalliy olimlardan akademik Gulyamov S., professor Gordana Pesakovic (AQSh), professor Raviprokash Dani (AQSH), professor Butikov I., doktor Orkhan Yolchuyev (Azarbayjon), professor Mavlanov I., i.f.n. Prеsniakova E. (Belarus), professor Sufyan A. (Pokiston), professor Islamov B., professor Talipova N., Mahsudov M. (Saudi Arabia), i.f.n. Toniyans G., i.f.n. Vohidova M., i.f.n. Kadirova Z., Gulnoza Quldosheva kabi iqtisodiyot, moliya, huquq, siyosatshunoslik va fanlararo amaliy tadqiqotlar doirasida o‘z tadqiqotlari bilan qatnashdilar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazidan vakillar va ekspertlar ishtirok etishdi.
Tadbirda JIDU akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Umarov global geoiqtisodiy munosabatlarning mamlakatlar integratsiyalashuviga ta’siri yuzasida, hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G.Ismailova milliy barqaror rivojlanish strategiyalari va ularning xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda ahamiyati mavzularida fikr-mulohazalar yuritdilar.
Tadbir JIDUning “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Tadbir doirasida ma’ruzachilar geoiqtisodiy transformatsiya sharoitida barqaror rivojlanishni ta’minlash, zamonaviy xalqaro munosabatlar tendensiyalari, Yangi O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, yashil iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish masalalari ko’tarildi. Konferensiyaning asosiy e’tibori quyidagi yo’nalishlarni qamram oldi:
1-bo‘lim. Global geoiqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida Yangi O‘zbekistonning makroiqtisodiy barqarorligini mustahkamlash omillari va yo‘nalishlari;
2-bo‘lim. Raqamli transformatsiyaning barqaror rivojlanishga ta’siri: ijtimoiy, ekologik va texnologik jihatlari;
3-bo‘lim. Investitsion iqlimni takomillashtirish: institutsional islohotlar va barqaror iqtisodiy o‘sish mexanizmlari;
4-bo‘lim. Hududiy taraqqiyot va tarmoqlararo hamkorlik: iqtisodiy diversifikatsiya va barqaror rivojlanish strategiyalari;
5-bo‘lim. Xalqaro savdo va mintaqaviy hamkorlik: Yangi O‘zbekistonning geoiqtisodiy integratsiyasi istiqbollari.
Sana: | 25.04.2025 |
Ko'rganlar soni: | 234 |
Ulashish: |