
JIDUda biznes ekspertlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
JIDUda biznes ekspertlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) - 4-maqsad – “Sifatli ta’lim” jamiyatning har bir a’zosiga zamonaviy, inklyuziv va sifatli bilim berishni ko‘zda tutadi. Ushbu maqsad doirasida, joriy yilning 22-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi tomonidan biznes ekspertlar bilan “Boshqaruvdagi samaradorlik: amaliy tajriba va bilimlar” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Ekspertlar tomonidan “Simurg main construction” kompaniyasi, “Legenda Game Zone” asosschisi, “7daysocks” quvnoq paypoq do‘konlari tarmog‘i, “Golden Corn Oil” ishlab chiqarish korxonasi asoschisi,“Minor Mall”, “Chinar Mall” savdo markazi tijorat direktori va 10 ga yaqin savdo majmualari proekt rahbari, “HM”, “Makro” tarmoglarida rahbar bolib ishlab kelgan Xasan Xabibullaev, “Kiyim Textile” xalqaro kompaniya direktori Otabek Xakimov, “Biznes fabrika” asoschisi, kollektsioner, tadbirkor Aziz Vafoev ishtirok etdilar. Ularning mehmon sheriklari zoom platformasi orqali qatnashdilar.
Tadbir davomida yoshlarning mavzuga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida interaktiv taqdimotlar, infografikalar, keys va voqealar orqali barqaror rivojlanish maqsadlarining hayotdagi ahamiyati ko'rsatildi. Tadbirda zamonaviy, interaktiv va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim olish imkoniyatlari, boshqaruvda raqamli savodhonlikni oshirish usullari, xalqaro darajadagi tadbirkorlik, omadli boshqaruv, E-kommersiya va natijalar, maqsadlarga erishish tizimi, strategiya, HR mavzusida taqdimotlar va ma’lumotlar namoyish qilindi.
Yoshlarda ta’lim sifatining oshishi va bilim darajasining yaxshilanishi maqsadida, tadbir ishtirokchilariga biznes keyslar taqdim etildi va bu orqali tadbirkorlikda mavjud muammolarni tahlil etish, ratsional qaror qabul qilish, ijtimoiy ma’suliyat hissi, yetakchilik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan interaktiv savol javoblar tashkil etildi. Shuningdek, talabalarga boshqaruvga oid loyiha yaratish va innovatsion tashabbuslarni ilgari surish yo'nalishida tavsiyalar berildi.
Suhbat yakunida, tadbirkorlar tadbir ishtirokchilarining bilimini yanada oshirish va mustahkamlash maqsadida sovrinli savol va javoblar tashkillashtirishdi va g’oliblarga ekspertlar tomonidan eksklyuziv sovg’alar va dasturiy imtiyozlar taqdim etildi.
Barqaror rivojlanishning 4-maqsadi bo‘lgan sifatli ta’lim – yoshlarning bilimli, malakali, mustaqil fikrlovchi va faol fuqarolar bo‘lib yetishishining kalitidir. Ushbu tadbir ishtirokchilarning o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish imkoniyatiga, barqaror rivojlanishga qaratilgan faollikni oshirishga katta hissa qo'shadi.