
JIDU jamoasi OTM professor-o‘qituvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual musobaqasida faxrli birinchi o‘rinni egalladi
JIDU jamoasi OTM professor-o‘qituvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual musobaqasida faxrli birinchi o‘rinni egalladi

Joriy yilning 15-aprel kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Zakovat” intellektual turniri bo‘lib o‘tdi. 7 ta nufuzli oliy ta'lim muassasa ayol professor-o‘qituvchilari bir davrada ilm bellashuvida ishtirok etdilar. Tadbirga turli universitet Xotin-qizlar Maslahat kengashi raislari hakamlik qilish maqsadida taklif qilindi.
Ushbu turnirda JIDU ayol professor-o‘qituvchilari jamoasi munosib ishtirok etib faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Turnirda JIDUdan tashqari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy san’at va dizayn instituti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jamoalari ham ishtirok etdilar.
Musobaqaning asosiy maqsadi yurtimizda xotin-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, gender tengligini ta’minlash va ayollarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishdir. Shuningdek, bu tadbir ayollarning intellektual qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashga ham qaratilgan. Musobaqa orqali ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etib, bir-birlari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu kabi tadbirlar nafaqat ayollarning intellektual salohiyatini oshirishga, balki jamiyatda ularning rolini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
JIDU ayol professor-o‘qituvchilari jamoasiga ushbu turnir davomida ko‘rsatgan yorqin o‘yinlari va muvaffaqiyatli ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda ularga omad va zafarlar tilab qolamiz.