
JIDU mahallalardagi kam ta’minlangan oilalarning bolalari uchun sport to‘garaklarini ochmoqda
JIDU mahallalardagi kam ta’minlangan oilalarning bolalari uchun sport to‘garaklarini ochmoqda

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Besh muhim tashabbus markazi” tashabbusi bilan “Olmachi”, “Yangi Olmachi”, “Elobod” va “Buyuk ipak yo‘li” mahallalari bilan hamkorlik o‘rnatildi.
Ushbu loyihada JIDU sport klubi va mahalla yoshlari yetakchilari hamkorligida sportga qiziqishi bo‘lgan va kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun bepul sport seksiyalari tashkil etildi.
Bolalar shaxmat, suzish, voleybol, kurash, stol tennisi va futbol bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Har bir mahallaga sport turlari bo‘yicha o‘rinlar ajratib berilgan.
Ushbu tashabbus kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga o‘zlari sevgan sport turi bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatini yaratadi. Bu esa ularning jismoniy va ma’naviy jihatdan rivojlanishiga, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini egallashlariga yordam beradi.
JIDU yoshlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va sport orqali ularning rivojlanishiga ko‘maklashishda davom etadi!
Sana: | 15.03.2025 |
Ko'rganlar soni: | 49 |
Ulashish: |