
TTJ talabalar holati o‘rganildi
TTJ talabalar holati o‘rganildi

Talabalar turar joyi tartib-qoidalari bilan talaba-yoshlarni yaqindan tanishtirish, jumladan, ichki tartib qoidalar: tozalik va ozodalik etikasiga rioya qilish bo‘yicha universitetimiz miqyosida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, universitet rahbariyati Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Yusupdjanov boshchiligida Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan qilayotgan talaba-yoshlarning holidan xabar olish, muammolarini oʻrganish maqsadida TTJga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida TTJ ichki-tartib qoidalariga rioya qilish va binoda mavjud sharoitlar va imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish boʻyicha hamda yotoqxonaga kirish boʻyicha belgilangan vaqtlardan kechikmasdan oʻz vaqtida kelishlari kerakligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Jarayonda aniqlangan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
O‘tkazilgan uchrashuvda O.Yusupdjanov TTJda yaratilgan tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish kabi bir qator masalalarni ilgari surdi. Qolaversa, ijodkor talaba-yoshlarning kelajakdagi istiqbolli rejalari xususida suhbatlashdi. Uchrashuv yakunida talabalar bo'sh vaqtida shug'ullanib turadigan ijodiy ishlaridan na'muna ko'rsatishdi. Kitobxon talabalar tomonidan tashabbuslar ilgari surilib, kerakli maslahat va tavsiyalar berib o‘tildi.