JIDU Yuridik klinikasida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo-Ulugbek tumanlararo sudi sudyasi tomonidan mahorat darsi tashkil etildi

    Joriy yilning 3-aprel sanasida JIDU Yuridik klinikasi direktori Z.Ubaydullayev tashabbusi bilan “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari uchun Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo-Ulugbek tumanlararo sudi sudyasi A.Kamarov tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi.

    Mahorat darsi davomida sudya Alisher Kamarov tomonidan talabalarga fuqarolik sud jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari, sud jarayonlarida advokat va sudya o‘rtasidagi munosabatlar, huquqiy normalarni to‘g‘ri qo‘llash kabi muhim masalalar bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

    Talabalar ushbu mahorat darsi natijasida sud jarayoni qanday kechishi, taraflarning huquq va majburiyatlari haqida aniq tushunchalar olishdi. Eng muhimi, amaliyotdan olingan tajribalar va real hayotiy holatlar asosida berilgan maslahatlar ularni kelajakda professional mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xzimat qiladi.

    Mahorat darsi yakunida talabalar sudya A.Kamarovga samimiy minnatdorchilk bildirib, bunday shakldagi mahorat darslari davomiy bo‘lishini so‘rab qolishdi.