JIDU talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

JIDU talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

    JIDU talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

    JIDU talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

    Joriy yilning 24-mart kuni  Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiXalqaro huquqfakulteti talabalariga, “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlarikafedrasi katta oqituvchisi D. Soliyev va fakultet tyutori ANasimjonovlarning tashabbusi bilan Ozbekiston RespublikasiTalim togrisidagi qonuni va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagiJinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish togrisidagi PF–257-sonli qaroriga muvofiq, talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy konikmalarini shakllantirish maqsadida, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida mavjud tergov poligoni va kriminalistik laboratoriya faoliyati bilan yaqindan tanishish va kriminalistika sohasida olib borilayotgan islohotlardan xabardor bolish uchun amaliy oquv mashguloti tashkil etildi.

    Amaliy o‘quv mashg‘ulotlari Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Kriminalistika va sud ekspertizalari” kafedrasi xodimlari G‘.Nabiyev va I.Karimovlar tomonidan olib borildi. Mashg‘ulotlarda mutaxassislar tomonidan talabаlarga “Kriminalistika” tushunchasidan boshlab, tergov jarayoni, tergov jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, ish turiga qarab qo‘shimcha ekspertlarni jalb etish, tergov, ekspertiza ashyolari bilan to‘g‘ri ishlagan holda maqbul dalillar va izlarni topish va olish, ish turlari bo ‘yicha qo‘llaniladigan ekspertiza turlari to‘g‘risida ham amaliy bilimlar va tushunchalar berildi. Amaliy mashg‘ulot Huquqni muhofaza qilish akademiyasida mavjud tergov poligoni va kriminalistik laboratoriyasida qiziqarli tarzda, talabalar uchun yuqori saviyada amalga oshirildi.

    Mashg‘ulotlar yakunida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Kriminalistika va sud ekspertizalari” kafedrasi xodimlari G‘.Nabiyev va I.Karimovlar tomonidan talabalarning tergov jarayoni va kriminalistik ekspertiza faoliyati yuzasidan bergan savollariga to‘liq tushuntirishlar berildi. Kelgusida ham JIDU va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlik davom etishi yuzasidan rejalar muhokama qilindi.