
JIDUda ta’lim va fan sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun CERGE-EI vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda ta’lim va fan sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun CERGE-EI vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yil 11-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Yevropada iqtisodiy tadqiqotlar va ta’lim markazi (CERGE-EI) jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibida CERGE-EI’ning Nyu-Yorkdagi ofisi prezidenti va bosh direktori Toni Klaudino, Yevroosiyo vakolatxonasi rahbari va Steppe Global Education tashkiloti asoschisi doktor Joel M. Ericson, shuningdek, CERGE-EI’ning Pragadagi Chexiya Respublikasninh dasturiy direktori Katarina Stexlikova ishtirok etdi.
Uchrashuvda JIDU tomonidan akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Akram Umarov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Gulnoza Ismailova hamda Universitet professori Slavomir Xorak ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: CERGE-EI - bu Charlz universiteti va Chexiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutining qo‘shma ilmiy-ta’lim markazi bo‘lib, iqtisodiyot sohasida mutaxassislar tayyorlash va xalqaro miqyosda iqtisodiy tadqiqotlar o‘tkazishga ixtisoslashgan.
Muzokaralar doirasida mehmonlar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ta’lim va tadqiqot sohalaridagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirildi. Bunga javoban CERGE-EI vakillari universitetning ulkan yutuqlaridan hayratda ekanliklarini ta’kidlab, uning O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasini alohida qayd etdilar.
CERGE-EI vakillari JIDU bilan, ayniqsa, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura va doktorantura dasturlariga talabalarni jalb qilish sohasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Xususan, akademik almashinuvni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish g‘oyasi ilgari surildi, bu esa ikki tomon talabalari va o‘qituvchilari uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Bunga javoban JIDU tomonidan universitet talabalari uchun, Sharqiy Yevropaga e’tibor qaratgan holda, geosiyosiy vaziyat masalalari bo‘yicha onlayn kurslar va mehmon ma’ruzalarini tashkil etish taklif qilindi. Bundan tashqari, universitet rahbariyati taklif etilgan dasturlarning barcha tafsilotlarini va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishini qayd etdi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha ta’lim aloqalarini mustahkamlash, iqtisodiyot va xalqaro munosabatlar sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirishga qaratilgan dasturlarni rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlar to‘g‘risida o‘zaro anglashuvga erishildi. Uchrashuv natijasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va CERGE-EI o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun asos yaratildi.