JIDU vakillari suv diplomatiyasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

JIDU vakillari suv diplomatiyasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

    JIDU vakillari suv diplomatiyasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

    JIDU vakillari suv diplomatiyasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

    2025-yil 10-aprel kuni “TIQXMII” Milliy tadqiqot universitetida “Markaziy Osiyoda suv diplomatiyasi: barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lida ishonch, muloqot va ko‘p tomonlama hamkorlik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Suv xo‘jaligi vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Fridrix Ebert nomidagi jamg‘arma, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti, Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

    Unda o‘ndan ortiq mamlakatdan 100 dan ziyod ishtirokchilar, jumladan, Markaziy Osiyoning ikki yirik daryosi – Amudaryo va Sirdaryo havzalaridan foydalanuvchi mamlakatlar vakillari, Osiyo va Yevropa davlatlarining ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari ekspertlari va mutaxassislari, shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari ishtirok etdi.

    Konferensiyadan maqsad Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarish sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat edi.

    Anjuman bugungi kunda Markaziy Osiyoda yaxshi amaliyotga aylangan, keng ko‘lamli va samarali mintaqaviy hamkorlik hamda inklyuziv muloqotning amaliy namunasi bo‘ldi.