
Maktab va litsey o‘quvchilari o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yiniga bag‘ishlangan “Rektor kubogi” bo‘lib o‘tdi
Maktab va litsey o‘quvchilari o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yiniga bag‘ishlangan “Rektor kubogi” bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 1-mart sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Maktab va litsey o‘quvchilari o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yiniga bag‘ishlangan “Rektor kubogi” bo‘lib o‘tdi. Unda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktabi hamda ixtisoslashgan litsey jamoalari ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarning intellektual salohiyatini hamda universitetga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat.
Qizg‘in bellashuv va kuchli raqobat asosida o‘tgan o‘yinda ishtiyoq, birdamlik jamoalarni g‘oliblik sari undagan bo‘lsa, tezkorlik, topqirlik, mantiqiy fikrlash kabi jihatlarga ko‘ra ularning ishtiroki baholab borildi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, "Evrika" akademik litseyi talabalari birinchi o‘rinni, 11-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ikkinchi o‘rinni, "Tafakkur" akademik litseyi o‘quvchilari esa uchinchi o‘rinni egalladilar.
Intellektual o‘yin yakunida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.