JIDU “Talabalarni qabul qilish va rasmiylashtirish ofisi” faoliyati “Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari” markazi tomonidan o‘rganildi

    Joriy yilning 10-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovning 2025-yil 1-martdagi 111-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bosh mutaxassisi Karamanov Askar Narzikulovich Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tahlil qildi. E’tibor markazida – “Talabalarni qabul qilish va rasmiylashtirish ofisi” faoliyati bo‘ldi.

    O‘rganishlar davomida ofis faoliyatining bir nechta muhim yo‘nalishlari tahlil qilindi:

    • me’yoriy hujjatlar asosida ish yuritilishi;
    • shtat birliklarining talabalar soniga muvofiqligi;
    • xodimlar malakasi va professional tayyorgarligi;
    • ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va funksional yo‘nalishlari;
    • yaratilgan texnik va moddiy sharoitlar;
    • xizmat ko‘rsatishdagi sanitariya talablariga rioya qilinishi.

    O‘rganishlar natijasida ishchi guruh universitetning mazkur ofisi tomonidan talaba va professor-o‘qituvchilar uchun tezkor, qulay hamda interaktiv xizmatlar yo‘lga qo‘yilgani, mavjud infratuzilmaning zamonaviy va samarali ishlayotganini alohida ta’kidladi.

    Bu kabi yondashuvlar nafaqat boshqaruv tizimining sifatini oshiradi, balki ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.