JIDUda “Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

JIDUda “Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDUda “Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDUda “Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    Joriy yilning 1-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Jinoyat huquqi” fani doirasida “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabalari uchun JIDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori O.Yusupdjanov, “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Soliyev hamda fakultet tyutori A.Nasimjonovlarning tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi prokurori D.Erkinov, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi D.Choriyeva tomonidan “Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    Mahorat darsi avvalida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi ma’ruzasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini yuqori saviyada ta’minlash maqsadida, shuningdek, yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashish borasida “Korrupsiyaga toqatsizlik” ruhida tarbiyalash va tizimli amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish yuzasidan fikrlar bildirilib, talabalarga tushuntirishlar berib o‘tildi. Sudya D.Choriyeva talabalarga ushbu mas’uliyatli va mashaqqatli kasbning sir-asrorlari, sudya bo‘lish uchun qanday fazilat va ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerakligi, sudyalarda amaliyotda uchraydigan turli hil holatlar, misollar bilan talabalarga batafsil ma’lumot berildi, hamda amaliy mashg‘ulot davomida talabalar o‘zlarining professional ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    So‘ngra talabalar boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarning dolzarb muammolari, ularning oldini olish va qarshi kurashishning zamonaviy usullari bilan tanishdilar.