JIDUda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi

JIDUda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi

    JIDUda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi

    JIDUda “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi

    Joriy yilning 5-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi, yuridik fanlar doktori, professor Halimboy Boboyev bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

    Uchrashuv davomida professor H.Boboyev talabalarga xalqaro huquqning dolzarb masalalari, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rni, shuningdek, yosh huquqshunoslarning kelajakdagi faoliyatiga oid muhim tavsiyalar berdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish, professor bilan erkin muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    “Uch avlod uchrashuvi” JIDU talabalari uchun o‘z sohalarining yetuk mutaxassislari bilan muloqot qilish, ularning tajribasi va bilimlaridan o‘rganish uchun ajoyib imkoniyat yaratuvchi maydondir. Tadbir yosh huquqshunoslarning kasbiy rivojlanishiga, ularning xalqaro huquq sohasidagi bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.