
JIDUda Nagoya universiteti professori David Green tomonidan xalqaro migratsiyasiga bag‘ishlangan ma’ruza o‘tkazildi
JIDUda Nagoya universiteti professori David Green tomonidan xalqaro migratsiyasiga bag‘ishlangan ma’ruza o‘tkazildi

2025-yil 6-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Nagoya universiteti (Yaponiya) Huquqshunoslik oliy maktabi professori David Green tomonidan "International Migration and Immigration in Japan" mavzusida ma’ruza o‘tkazildi.
Ma’ruzada xalqaro migratsiya tushunchasi, asosiy nazariyalar, shuningdek, Yaponiya immigratsiyasining tarixiy rivojlanishi va zamonaviy tendensiyalari muhokama qilindi. Professor Green David migratsiyaning asosiy turlari – iqtisodiy va gumanitar migratsiya haqida atroflicha ma’lumot berib, Yaponiya immigratsiya siyosatining o‘ziga xos jihatlariga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, migratsiyaning “push-pull” (turtki va tortuvchi omillar) nazariyasi, ikki mehnat bozori modeli hamda urushdan keyingi davrda yuzaga kelgan migratsion jarayonlar tahlil qilindi. Ma’ruzada Yaponiya immigratsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari, chet ellik ishchi kuchining o‘sishi, demografik o‘zgarishlar va muhojirlarni integratsiya qilish muammolari muhokama qilindi.
Ma’ruza interaktiv tarzda o‘tkazilib, talabalar professorga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘llash imkoniga ega bo‘ldilar. Ma’ruza davomida Yaponiya immigratsiya jarayonlarining zamonaviy muammolari, ularning iqtisodiy ta’siri va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur tadbir xalqaro migratsiya jarayonlarini chuqurroq anglashga yordam berib, talabalar uchun global muammolarni ilmiy-nazariy asosda tahlil qilish imkoniyatini yaratdi.
Sana: | 08.03.2025 |
Ko'rganlar soni: | 475 |
Ulashish: |