JIDU talabalari DAAD stipendiyasini qo‘lga kiritdilar

JIDU talabalari DAAD stipendiyasini qo‘lga kiritdilar

    JIDU talabalari DAAD stipendiyasini qo‘lga kiritdilar

    JIDU talabalari DAAD stipendiyasini qo‘lga kiritdilar

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining nemis tilini asosiy hamda ikkinchi til sifatida o‘rganayotgan 2- va 3-bosqich talabalari xalqaro tanlov saralovidan muvaffaqiyatli o‘tib, Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) stipendiyasiga sazovor bo‘lishdi.

    DAAD yozgi til maktabi nemis tilini chuqur o‘rganish uchun noyob imkoniyat taqdim etadi. Bu imkoniyat umumiy til ko‘nikmalarini rivojlantirish, maxsus til tayyorgarligi va mamlakatshunoslikni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

    Ushbu dastur doirasida Germaniyaning yetakchi universitetlarida ta’lim olish imkoniyati quyidagilarga beriladi:

    2-bosqich talabalari:

    *  Abduraufxo‘jayeva Imona - Bilefeld shahri universiteti

    *  Xudoynazarova Dilshodabegim - Bilefeld shahri universiteti

    * Isroilova Hanifa - Vildau amaliy fanlar texnika universiteti, Berlin shahri

    * Hamraqulov Jasur – Myunster shahri universiteti

    3-kurs talabalari:

    *  Temirov Abdullo – Bilefeld shahri universiteti

    *  Salohiddinov Abdulaziz - Mangeym davlat universiteti

    *  Akramov Fazliddin - Geydelberg shahri universiteti

    Ushbu dasturda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, xususan to‘rtinchi maqsad bo‘lgan "Sifatli ta’lim"ning amaliy ifodasi o‘z aksini topgan.

    E’tiborga loyiq jihati shundaki, JIDU talabalarining mazkur dasturda ishtiroki nafaqat ularning ta’limiy va shaxsiy rivojlanishiga, balki xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

    G‘oliblarni tabriklaymiz va ularga kelgusi ta’lim jarayonida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!