JIDUda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

JIDUda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 27-mart sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor O.Yusupdjanov hamda talabalar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda talaba-yoshlar o'rtasida sodir etilgan jinoyatlar statistikasi, jinoyat yo‘liga bilib-bilmay qadam bosgan hamda kiber va narko jinoyatlar ishtirokchisiga aylanib qolayotganligi masalaning eng muhim tomoni ekanligiga to'xtalindi. Talaba-yoshlarning kamol topishi uchun ularning ota-onalari, oliy ta’lim muassasasi, huquqni muhofa qiluvchi organlar qolaversa jamoatchilik ham asosiy e’tiborini shu yo'nalishdagi ishlarga qaratganligi alohida ta’kidlandi. Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni tanlagan sohasiga muhabbatini oshirish asosiy vazifa ekanligiga to'xtalib o'tdi.

    Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish, fikr-mulohazalarini bildirish va universitetdagi hayot bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi talabalar va universitet ma'muriyati o‘rtasida konstruktiv muloqot uchun platformaga aylandi.