JIDUda “Buyuk sohibqiron Amir Temur — tariximiz koʻzgusi” nomli  madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 10-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Buyuk sohibqiron Amir Temur — tariximiz koʻzgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bolib o‘tdi.

    Tadbirda JIDU rahbariyati, tarix fanlari doktori, professor, Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Abdumajid Madraimov, Jamoat xavfsizligi universiteti tarixchi olimi Jumaboy Rahimov, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

    Kirish so‘zini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorekror O.Yusupdjanov ochib berdi va buyuk bobokalonimiz Amir Temurning hayotiy faoliyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

    Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida tashrif buyurgan tarixchi olimlar so‘zga chiqib, buyuk sohibqiron Amir Temurning hayot faoliyati davomida olib borgan bunyodkorlik ishlari, ilm-fan taraqqiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi haqida to‘xtalib o‘tdilar. Shu bilan birga, Amir Temur va temuriylar qoldirgan boy ma’naviy merosning bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar berib o‘tdilar.

    Tadbirning badiiy qismida esa talabalar tomonidan Sohibqiron siymosini madh etuvchi sahna ko‘rinishlari, she’rlar, kuy va qo‘shiqlar, shuningdek, rang-barang raqslar namoyish etildi. Tomoshabinlar badiiy chiqishlarni katta qiziqish va iliq taassurotlar bilan qarshi oldilar.