JIDUda “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     Joriy yilning 29-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ajdodlarga munosib avlod bolaylikshiori ostida manaviy-marifiy tadbir bolib otdi.

    Tadbir JIDU Besh muhim tashabbus markazi hamda JIDU xotin-qizlar maslahat kengashi bilan hamkorlikda otkazildi.

    Davra suhbatini Besh muhim tashabbus markazi rahbari Sh.Shakirova va  universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi E.Sultanova kirish so'zi bilan ochib berdi.

    Tadbirda falsafa fanlari doktori, professor Shaxnoza Madayeva ham ishtirok etdi.

    U talabalarga Sharqda Uyg‘onish davri bilan nomlari bog‘langan buyuk allomalarimiz hayoti va faoliyati haqida so‘zlab berdi. Ular qoldirgan, jahon miqyosidagi ulkan ilmiy merosga alohida e’tibor qaratildi.

    “O‘sib borayotgan yosh avlodni ajdodlarimizga munosib farzand tarbiyalash har birimizni oldimizga qo‘ygan vazifamizdir,” – dedi Sh.Madayeva.

    Uchrashuv so‘ngida yurtimizning buyuk ajdodlarimiz tarixi bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislarni aniqlash maqsadida viktorina o‘tkazildi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.