
JIDU talabalari Alisher Navoiy nomidagi Respublika opera va balet teatriga tashrif buyurishdi
JIDU talabalari Alisher Navoiy nomidagi Respublika opera va balet teatriga tashrif buyurishdi

Joriy yilning 25-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "O‘zbek va rus tillari" kafedrasi o‘qituvchisi hamda "Niqob" to‘garagi rahbari Amina Atabekova JIDU birinchi kurs talabalari bilan birga Alisher Navoiy nomidagi Respublika opera va balet teatriga tashrif buyurdi.
Mazkur teatr O‘zbekistonning muhim madaniy maskani hisoblanib, unda jahon premyeralari va mashhur spektakllar namoyish etiladi. Tomoshadan avval talabalar teatrning tarixi, uning madaniy ahamiyati va repertuar xususiyatlari haqida ma’lumot oldilar.
Namoyish talabalarni chuqur ta’sirlantirdi. Ulug‘vor sahna, liboslar, orkestr va ijrochilarning mahorati unutilmas taassurotlar qoldirdi. Ko‘pchilik talabalar uchun bu san’at turi bilan ilk tanishuv bo‘ldi va ular ishtirokchilarning yuqori ijro darajasi hamda kasbiy mahoratini alohida ta’kidlashdi.
Talabalar aktyorlarning mahoratidan zavqlanib, teatrni muhim madaniy qadriyat sifatida baholadilar. Ularning ayrimlari teatrga tashrif buyurish dunyoqarashlarini kengaytirganini, teatr san’atining jamiyat hayotidagi o‘rni haqida yangi tushunchalar berganini va madaniy tajribalarini sezilarli darajada boyitganini ta’kidlab o‘tdilar.