JIDU va Berlin erkin universiteti qo‘shma dasturiga qabul boshlandi

JIDU va Berlin erkin universiteti qo‘shma dasturiga qabul boshlandi

    JIDU va Berlin erkin universiteti qo‘shma dasturiga qabul boshlandi

    JIDU va Berlin erkin universiteti qo‘shma dasturiga qabul boshlandi

    “Germaniya-O‘zbekiston munosabatlari: Energiya va Barqarorlik” (GURES) – bu DAAD sertifikatli o‘quv dasturi bo‘lib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) bilan Berlin erkin universiteti (FUB) o‘rtasida akademik almashuvni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy fanlar sohasidagi dasturdir.

    Dasturning davomiyligi bir akademik yilni tashkil etadi. GURES har yili kuzgi semestrda boshlanadi. Ta’lim tillari nemis va ingliz tillari bo‘lib, nemis tili asosiy til hisoblanadi. Barcha JIDU fakultetlarining ikkinchi va uchinchi kurs talabalari GURES dasturiga ariza yuborishga taklif etiladi. Dastur yakunida bitiruvchilar JIDU va Berlin erkin universitetining Sharqiy Yevropa Tadqiqotlari Instituti o‘rtasidagi yaqin hamkorlik asosida berilgan sertifikatga (jumladan kurslar va baholar jadvali ko‘rsatilgan holda,15 ECTS) ega bo‘ladilar.

    Bir akademik yil davomida GURES quyidagi majburiy kurslarni o‘z ichiga oladi:

    • Ikki seminar, blok holida o‘tiladi (2 seminar, har biri 8 kun)

    • Bir muntazam seminar, har hafta bir marta o‘tiladi (1 seminar, bir semestr davomida)

    • Ikki mashg‘ulot, har hafta bir marta o‘tiladi (har semestrda bittadan).

    Dasturga qabul qilish uchun ariza beruvchilar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

    • JIDUda o‘qish (bakalavr darajasi);

    • Nemis va ingliz tillarida a’lo darajada bilish (85-100%);

    • A’lo baholarga ega bo‘lish (85-100%);

    • Yuqori motivatsiya darajasi.

    Dars davomida rivojlanadigan boshqa kompetensiyalar Germaniyaning mintaqaviy tajribasini o‘rganish, nemis tilini puxta o‘zlashtirish, iqtisodiy va ijtimoiy fanlar metodlari va nazariyalarini mustahkamlash, madaniyatlararo kompetentsiyani rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.

    “Germaniya-O‘zbekistonga munosabatlar: Energiya va Barqarorlik” (GURES) dasturi Berlin erkin universitetining Sharqiy yevropa tadqiqotlari instituti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

    Dasturga rahbarlikni, Berlin va Toshkentdagi GURES jamoasining yordami bilan, Professor Teoxaris Grigoriadis olib boradi,

    Qabul qilish qarorini JIDU va FUBning koordinatori va/yoki professorlari boshchiligidagi qo‘shma komissiya qabul qiladi, bu qaror yozma ariza va UWEDda o‘tkaziladigan onlayn intervyu asosida qabul qilinadi. Komissiya kamida uch kishidan iborat bo‘lishi kerak. Har bir akademik yilda qabul qilinadigan talabalar soni 30 kishidan oshmasligi kerak.

    Kurs

    2025/26 akademik yilida dastur quyidagi o‘quv rejasi bo‘yicha davom etadi:

    Tip

    Tavsif

    O‘qituvchi

    Davomiyligi

    Baholash

    Seminar (A)

    Siyosiy ekologiya va globalizatsiya

    FUB

    1-semester, 4 kun, kuniga 240 daqiqa

    Taqdimot, imtihon

    Mashg‘ulot (A)

    Ekologik nazariyalar va ilmiy metodlar

    FUB

    1-semester, haftada bir marta, 90 daqiqa

     

    Seminar (C)

    Yevropa energetik bozorlari va Markaziy Osiyo

    JIDU

    2-semester, haftada bir marta, 90 daqiqa

    Taqdimot 

    Seminar (B)

    Energetik iqtisodiyot

    FUB

    2-semester, 4 kun, kuniga 240 daqiqa

    Taqdimot, imtihon

    Mashg‘ulot (B)

    Energetik iqtisodiyot va Energetik siyosat

    FUB

    2-semester, haftada bir marta, 80 daqiqa

     

     

    Aloqa uchun

    international@uwed.uz

    Ariza topshirish

    “Germaniya-O‘zbekiston munosabatlari: Energiya va Barqarorlik” (GURES) akademik dasturiga ariza beruvchilar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

    • JIDUda o‘qish (bakalavr darajasi);

    • Nemis va ingliz tillarini a’lo darajada bilish (85-100%);

    • A’lo baholar (85-100%);

    • Yuqori motivatsiya darajasi.

    Qabul JIDU va FUBning koordinatori va/yoki professorlari boshchiligidagi qo‘shma komissiya orqali amalga oshiriladi, bu qaror arizalar va JIDUda o‘tkaziladigan intervyu asosida qabul qilinadi.

    Ariza berish tartibi

    2025/2026 akademik yili uchun ariza berishning oxirgi muddati — 2025-yil 5-aprel, shanba.

    Arizalar qabulidan so‘ng onlayn suhbat jarayoni JIDUda o‘tkaziladi.

    Kerakli hujjatlar:

    • Nemis tilida rezyume (CV) (1-2 sahifa),

    • Nemis tilida motivatsion xat (1-2 sahifa),

    • Nemis va ingliz tillaridagi bilim darajasini tasdiqlovchi hujjat,

    • Transkript nusxasi.

    Ariza topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldiring https://forms.gle/16navRbG8ADb4SWy9.