
JIDUda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda
JIDUda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish va atrof-muhitni yanada obod qilish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida universitet hududida turli mevali va manzarali daraxtlar ekilib, yashil maydonlar kengaytirilmoqda. Professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar bu tadbirlarda faol qatnashib, tabiatga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rliklarini amalda ko‘rsatmoqdalar.
Bundan tashqari, JIDU jamoasi Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan universitet hududida tozalash va tartibga keltirish ishlarini amalga oshirmoqda.
Bu tashabbuslar nafaqat atrof-muhitni yanada yaxshilashga, balki universitet jamoasining birdamligini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda. Yashil hududlarni ko‘paytirish va obodonlashtirish jarayonlari orqali talabalar va xodimlar o‘z ekologik burchlarini chuqurroq anglamoqdalar.
Sana: | 15.03.2025 |
Ko'rganlar soni: | 123 |
Ulashish: |