
JIDUda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi
JIDUda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi

Joriy yilning 15-mart sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yinining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Besh muhim tashabbus markazi rahbari Sh. Shakirova ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Ushbu qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda 100 dan ziyod talaba ishtirok etdi. Qizg‘in bellashuv va kuchli raqobat muhitida o‘tgan o‘yinda ishtiyoq hamda birdamlik jamoalarni g‘oliblik sari undadi. Tezkorlik, topqirlik, mantiqiy fikrlash kabi jihatlarga ko‘ra ularning ishtiroki baholab borildi. O‘yinda turli jamoalar qiziqarli topshiriqlarni bajarish asnosida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, "202" nomli jamoa talabalari birinchi o‘rinni, “Major Prida” jamoasi ikkinchi o‘rinni, “Turkiston” jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladilar.
Tadbir barcha ishtirokchilar uchun nafaqat intellektual o‘sish, balki do‘stlik va jamoaviy birlikni kuchaytirishga hissa qo‘shdi.
Intellektual o‘yin yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Sana: | 17.03.2025 |
Ko'rganlar soni: | 132 |
Ulashish: |