JIDU vakillari maktab-internatga tashrif buyurdilar

JIDU vakillari maktab-internatga tashrif buyurdilar

JIDU vakillari maktab-internatga tashrif buyurdilar

Joriy yilning 14-mart sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti  “O‘zbek va rus  tillari” kafedrasi tomonidan BRM indikatorlari bo‘yicha ishlarni amalga oshirish hamda oila-mahalla-ta'lim muassasasi (o‘rta va oliy ta’lim) hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezedenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 105-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari  bo‘lgan aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurildi.

JIDU vakillari tomonidan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta’lim nutqiy korreksion sinflar faoliyatini yo‘lga qo‘yilishida hamda o‘quv jarayonini tashkil etilishida konsultativ master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Master klass davomida rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga samarali ta’lim, tarbiya berish, ijtimoiy moslashuvini yaratish uchun uning rivojlanish imkoniyat va xususiyatlarini to‘g‘ri baholay olish muhimligi tushuntirildi.

Hozir mamlakatimizdagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarida «Oila-mahalla-ta'lim muassasasi» jamoatchilik kengashlari yordamida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarning darslarga qatnashishini qulaylashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezedenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 105-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab bolajonlari maktab hududida qolib ta’lim-tarbiya oladilar. Shu bois bu yerdagi bolajonlar to‘liq hafta davomida pedagoglar qaramog‘ida ta’lim va tarbiya oladilar hamda bolajonlarning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida katta ko‘mak beradilar.

Tadbir oxirida kafedra a'zolari tomonidan changyutgich va bolajonlar uchun shirinlik topshirildi.

JIDU va maktab-internati hamkorligi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning to‘laqonli bilim olishlari, o‘z huquqlarini tanishlari, inklyuziv o‘qitishning yangi metodlari asosida o‘qishlari hamda tayanch korreksion moslashuvlarida ikkitomonlama hamkorlik metodik yordam almashinuvi, o‘quv jarayonini samarali olib borish va malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish uchun xizmat qiladi.

Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda inklyuziv ta’limga yo‘naltirilgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimi maktablari hamda Oliy ta'lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Inson, avvalo oila bag‘rida unib-o‘sadi, shaxs sifatida shakllanadi. Oiladagi ta'lim-tarbiya, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar keyinchalik odamlar orasida — mahalla-ko‘yda, ta'lim muassasalarida sayqal topadi.

Shuni ta’kidlash joizki, jamiyatda oilalarimizda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga  inklyuziv munosabat asosida ta’lim olishlari uchun keng imkoniyatlarni yaratish, vatanimiz va xalqimizning ertangi kunida bu bolajonlar o‘z yo‘llarini topib ketishlarida ko‘maklashish, jahon hamjamiyatida ham o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlari uchun voyaga yetkazishdek ulug‘ vazifani oila-mahalla-ta'lim muassasasi (o‘rta va oliy ta’lim uyg‘unligida) hamkorligisiz hal etib bo‘lmaydi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.