Ta'limning yuqori sifati

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Ko'proq ma'lumot olish

Karyera shu yerda boshlanadi

Eng nufuzli ilm dargohi

Ko'proq ma'lumot olish

Talabalarni birlashtiruvchi makon

UWED Students' Council

Ko'proq ma'lumot olish

Bakalavriat

Bakalavr uchun kuzgi semestr

Batafsil

Magistratura

Bir yillik magistratura dasturi

Batafsil

«Smart universitet»

2023 yilidan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyati transformatsiya qilinadi

Batafsil
Bakalavriat

Bakalavriat

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti quyidagi sohalarda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini taklif etadi. “Xalqaro munosabatlar” “Siyosatshunoslik” “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” “Xalqaro huquq” JIDUning bakalavriat dasturlari talabalarga globallashgan dunyoda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berish uchun mo‘ljallangan. Dasturlar fakultetning tajribali professor-o‘qituvchilari jamoasi tomonidan o‘qitiladi, ularning aksariyati davlat va biznes sohasida yuqori lavozimlarni egallagan. JIDU talabalarga o‘z ta’lim sohasida amaliy tajriba orttirish uchun turli xil darsdan tashqari tadbirlar va imkoniyatlarni ham taklif etadi. JIDUdagi eng mashhur bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” dasturidir. Ushbu dastur talabalarga iqtisod, xalqaro savdo va moliya bo‘yicha mustahkam poydevor beradi. Talabalar xalqaro biznesning siyosiy va huquqiy muhiti bilan ham tanishadilar. JIDUdagi yana bir mashhur bakalavriat dasturi “Xalqaro munosabatlar” dasturidir. Ushbu dastur talabalarga xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat va diplomatiya haqida har tomonlama tushuncha beradi. Shuningdek, talabalar turli mamlakatlarning tarixi va madaniyati bilan tanishadilar. JIDU, shuningdek, siyosatshunoslik va huquqshunoslik bo‘yicha bakalavriat dasturlarini ham taklif etadi. Ushbu dasturlar talabalarni davlat, huquq, biznes va boshqa sohalarda martabaga tayyorlash uchun mo‘ljallangan. JIDUda bakalavr darajasini olishning ba’zi afzalliklari: Siz tanlagan sohada kuchli ilmiy asosga ega bo‘lish Turli xil madaniyatlar va istiqbollar bilan tanishish Dunyo bo‘ylab boshqa talabalar va mutaxassislar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyati Amaliyot va boshqa darsdan tashqari tadbirlar orqali amaliy tajriba orttirish imkoniyati Mehnat bozorida raqobatdosh ustunlik Agar siz qiyin va foydali ta’lim tajribasini izlayotgan bo‘lsangiz, JIDU siz uchun eng ma’qul oliygoh. Jahon darajasidagi professor-o‘qituvchilari, zamonaviy jihozlari va turli xil talabalar tarkibiga ega JIDU o‘z talabalariga bugungi globallashgan dunyoda muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni taqdim etishga intiladi. Bakalavr qabuliga 2025-2026 o‘quv yili ko‘zi ojiz abiturientlar uchun suhbat.
Batafsil

JIDU'da o'qing

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1992-yil 23-sentabrda tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshida faoliyat yuritadi.

Bu oliy taʼlim muassasasi boʻlib, mutaxassislar va ilmiy kengashni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda quyidagi yoʻnalishlarda yuqori darajadagi fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi:

  • Xalqaro iqtisodiyot va menejment;
  • Xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik;
  • Xalqaro ommaviy va xususiy huquq;
  • Yurisprudensiya.
Batafsil
JIDU'da o'qing
JIDUda “Сhet tili darslarida yangi interaktiv metodlardan foydalanish” mavzusiga bagʻishlangan metod seminar tashkil etildi

JIDUda “Сhet tili darslarida yangi interaktiv metodlardan foydalanish” mavzusiga bagʻishlangan metod seminar tashkil etildi

Joriy yilning 10-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Yevropa va turkiy tillar” kafedrasi nemis tili oʻqituvchilari Sh.M. Abdugʻaniyeva va U.I. Sultonovalar tomonidan “Chet tili darslarida yangi interaktiv metodlardan foydalanish (Yevropa universitetlari tajribasi asosida)” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida kafedra mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Mamatqosimova Vasila Akramjonovna hamda kafedra oʻqituvchilari, shuningdek, Kirklareli universiteti dotsenti Yasin Yayla, Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 112-maktab nemis tili oʻqituvchisi K.Q. Istamova, JIDU akademik litseyi nemis tili fani oʻqituvchisi, Germaniya qoʻshma taʼlim dasturi koordinatori N.D. Zakirovalar ishtirok etdilar. Bugungi kunda taʼlim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, chet tillarini oʻqitishda talabalarning faolligini oshirish, ularning kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirish hamda dars jarayonini qiziqarli tashkil etishda interaktiv metodlar keng qoʻllanilmoqda. Mahorat darsining maqsadi – interaktiv metodlar orqali oʻqituvchi va talaba oʻrtasidagi faol hamkorlikni taʼminlashdan iborat. Bunday metodlar yordamida talabalar dars jarayonida faol ishtirok etadi, oʻz fikrlarini erkin ifodalaydi va bilimlarini amaliyotda qoʻllash imkoniyatiga ega boʻladi. Mahorat darsi davomida ishtirokchilar tomonidan “Ijodiy va harakatli diktant”, “Rol oʻyinlari”, “Hikoyani davom ettirish”, “Grammatik mavzuga oid ijodiy diktant yozish”, “Kometalar uchishi”, “Harflar fantaziyasi” kabi interaktiv metodlar taqdim etildi. Ushbu metodlar talabalarning mustaqil fikrlashini, muloqot madaniyatini va ijodiy yondashuvini rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi. Shuningdek, zamonaviy taʼlim jarayonida raqamli texnologiyalarning oʻrni alohida ahamiyatga ega. Yevropa universitetlarida chet tili darslarida Gimkit, Wordwall, Kahoot kabi onlayn platformalar orqali interaktiv oʻyinlar tashkil etilmoqda. Mazkur platformalar yordamida talabalarning bilimlarini mustahkamlash, lugʻat boyligini oshirish va dars jarayonini yanada qiziqarli qilish imkoniyati yaratiladi. Mahorat darsi soʻngida chet tili darslarida interaktiv metodlardan foydalanish taʼlim samaradorligini sezilarli darajada oshirishi qayd etildi. Yevropa universitetlari tajribasi shuni koʻrsatadiki, zamonaviy interaktiv metodlar va onlayn oʻyinlardan foydalanish talabalarning bilim olish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Shu bois chet tilini oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar hamda raqamli platformalardan keng foydalanish muhim ahamiyatga ega.

41
JIDU Postdoktorantura o‘qituvchilik va ilmiy-tadqiqot stipendiya dasturi

JIDU Postdoktorantura o‘qituvchilik va ilmiy-tadqiqot stipendiya dasturi

JIDU Postdoktorantura o‘qituvchilik va ilmiy-tadqiqot stipendiya dasturi - bu Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va akademik faoliyatda ishtirok etish uchun PhD dasturi bitiruvchilarini (postdoktorantlarni) jalb etishga qaratilgan akademik dasturdir. Mazkur dastur JIDUda akademik natijadorlik, ilmiy samaradorlikni va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida iqtidorli postdoktorantlarni o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va institutsional faoliyatga jalb etishni ko‘zda tutadi. Stipendiya dasturi yosh olimlarga dinamik akademik muhitgag munosib hissa qo‘shish, shu bilan birga o‘z akademik va kasbiy faoliyatini rivojlantirish uchun noyob imkoniyat yaratadi.  Dastur maqsadlari Dasturning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:             JIDUning akademik va ilmiy-tadqiqot salohiyatini mustahkamlash;            Xalqaro akademik hamkorlik va almashinuvni rag‘batlantirish;       Yosh tadqiqotchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;             Yuqori sifatli akademik tadqiqotlar, siyosiy tahlillar va ilmiy nashrlar faoliyatini rivojlantirish               Universitetning institutsional taraqqiyoti hamda o‘quv dasturlarini zamonaviylashtirishga ko‘maklashish. Stipendiyani amalga oshirish muddati •  10 oy: sentabrdan iyungacha (to‘liq bandlik, JIDUda bo‘lish, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi) Ixtisoslik sohalari Quyidagi akademik yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar qabul qilinadi:            Xalqaro huquq            Xalqaro munosabatlar            Xalqaro iqtisodiyot va menejment Stipendiya imtiyozlari va moliyaviy yordam Tanlab olingan har bir ishtirokchiga quyidagilarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash taqdim etiladi: ·         Oylik stipendiya: 1500 AQSH dollari ·         Yashash joyi: kampusda turar joy ajratiladi ·         Xalqaro aviaqatnov: Toshkent shahriga borish/kelish uchun ekonom-klass aviachiptalar ·         Tibbiy sug‘urta: butun stipendiya davri uchun tibbiy sug‘urta ·         Sertifikatlash: dastur muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng JIDU dasturining rasmiy sertifikati. Eslatma: Dastur muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, JIDU stipendiya muddatini yana bir yilga uzaytirishni taklif qilishi mumkin. Dastur ishtirokchilarining majburiyatlari Stipendiatlar universitetning akademik missiyasini amalga oshirishga salmoqli hissa qo‘shgan holda akademik, o‘qituvchilik va ilmiy-tadqiqot faoliyatida faol ishtirok etishlari lozim. 1. Ta’lim berish va akademik qo‘llab-quvvatlash ·        Bakalavriat va magistratura kurslarini o‘qitishda yordam berish ·   O‘qituvchilarga quyidagilarda ko‘maklashish: ma’ruzalar tayyorlash, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, shuningdek, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish ·     Talabalarga ilmiy rahbarlik qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etish 2. Akademik loyihalar va ilmiy tadqiqotlar •     Joriy va yangi boshlangan ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish •     Tegishli sohalarda mustaqil va qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish •      Siyosat ishlab chiqishga yo‘naltirilgan amaliy tadqiqotlar va tahliliy faoliyat bilan shug‘ullanish. •         Akademik yozuvlar, ishchi maqolalar (working papers) va taqrizdan o‘tgan ilmiy nashrlar tayyorlashga hissa qo‘shish. •    Ilmiy konferensiyalar, seminarlar va mahorat darslarini tashkil etishga ko‘maklashish Saralash mezonlari Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: •   Jahonning eng yaxshi 500 ta universitetiga kiruvchi oliy ta’lim muassasasida PhD darajasiga ega bo‘lish yoki hozirda eng yaxshi 500 ta universitetga aloqador bo‘lish; •      Xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar yoki xalqaro iqtisodiyot va menejment sohasiga ixtisoslashish; •   Nashrlar, konferensiyalardagi ma’ruzalar yoki grant loyihalarida ishtirok etish orqali tasdiqlangan yuqori akademik va ilmiy-tadqiqot yutuqlarini namoyish etish; •         Ingliz tilini mukammal darajada bilish (yozma va og‘zaki); • O‘qitish, ilmiy tadqiqotlar va institutsional faoliyatga yuqori motivatsiyani ko‘rsatish; •  Ko‘p madaniyatli akademik muhitda samarali ishlash qobiliyatini namoyish etish.   Ariza topshirish uchun zarur hujjatlar Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak: 1.      Tarjimai hol (CV) 2.      Motivatsiya xati (hajmi 1 000 tagacha so‘zdan iborat) 3.      PhD diplomi va akademik ko‘chirma (transkript) 4.      Bitta tavsiyanoma 5.      Ilmiy nashrlar ro‘yxati 6.      Dasturda ishtirok etish davrida ilmiy qiziqishlar, taklif etilayotgan tadqiqot loyihalari va kutilayotgan akademik hissa bayon etilgan 2-3 sahifali tadqiqot bayonoti (Research Statement)   Saralash tartibi Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1.      Hujjatlarni dastlabki ko‘rib chiqish 2. Dastlabki tanlovdan o‘tgan nomzodlar bilan onlayn suhbat 3. JIDU stipendiatlarini tanlab olish bo‘yicha Komissiya tomonidan yakuniy qaror   Dastur natijalari va hisobotlari Dastur yakunida stipendiatlar quyidagilarni taqdim etishlari shart: • Akademik va o‘quv faoliyatini umumlashtiruvchi o‘qituvchilik faoliyati to‘g‘risidagi hisobot; ·  Tadqiqot natijalari, nashrlar va amalga oshirilgan loyihalar natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ilmiy-tadqiqot va loyiha faoliyati to‘g‘risidagi hisobot.   Ariza topshirish muddati: 2026-yil 30-aprel Arizalar quyidagi shakl orqali topshiriladi: https://forms.gle/PYYnBaU9iuRbYDr87   Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro akademik hamkorlik ofisiga quyidagi manzil orqali murojaat qiling.: international@uwed.uz

116
JIDUda Italiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

JIDUda Italiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026-yil 6-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyevning Italiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Gvido De Sanktis bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston–Italiya munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari, xususan, parlamentlararo aloqalar, akademik hamkorlik hamda ikki mamlakat ilmiy-ta’lim muassasalari o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. S.Safoyev O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi munosabatlar barqaror ijobiy dinamika va yuqori darajadagi siyosiy ishonch bilan tavsiflanishini qayd etdi. Muntazam siyosiy muloqot va faol parlamentlararo hamkorlik, jumladan, parlament do‘stlik guruhlari faoliyati va parlament delegatsiyalari almashinuvi orqali ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi. JIDU va Italiyaning yetakchi universitetlari o‘rtasidagi akademik hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Universitet Italiyaning bir qator oliy o‘quv yurtlari, jumladan, Bolonya, Perudja va Siena universitetlari bilan akademik almashinuv, til o‘rgatish va ilmiy hamkorlik dasturlarini amalga oshirib kelayotgani qayd etildi. Italiya elchisi JIDUning akademik salohiyatini yuqori baholab, ikki mamlakat universitetlari o‘rtasida ta’lim va ilmiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. Bundan tashqari, davlat boshqaruvi, xalqaro munosabatlar va iqtisodiy diplomatiya sohalarida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlari, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va ekspert tadbirlarini o‘tkazish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar siyosiy, ta’lim va ilmiy-tahliliy sohalarda O‘zbekiston–Italiya hamkorligini yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

85

Bizning hamkorlarimiz

https://mgimo.ru/
https://www.undp.org/
https://www.berkeley.edu/
https://www.unibe.ch/index_eng.html
https://www.ox.ac.uk/
https://pennstatelaw.psu.edu/
https://www.wto.org/
https://www.columbia.edu/
https://www.gla.ac.uk/
https://www.wti.org/