Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yaponiya madaniyati bayrami bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yaponiya madaniyati bayrami bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 1-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yaponiya madaniyatiga bag‘ishlangan bayram bo‘lib o‘tdi.
Sharq tillari kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisining rafiqasi Yuju Hatori xonim, JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Mehmonlar sharq mamlakati havosiga sho‘ng‘ish va uning an’analari bilan tanishish, o‘zlarini noyob xattotlik san’atida sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.
Festival dasturi doirasida kimono, uning turli elementlarining sir-asrorlari namoyishi bo‘lib o‘tdi, xohlovchilar hatto uni kiyib ko‘rishlari ham mumkin edi. Yapon taomlari alohida qiziqish uyg‘otdi. Ishtirokchilar sushi, onigiri va boshqa mazali taomlarni tayyorlashda ishtirok etib, so‘ng ularni tatib ko‘rdilar.
JIDUda yapon madaniyati tantanasi “quyosh chiqar” mamlakat bilan yaqinroq tanishish imkonini bergan yorqin voqeaga aylandi.