Jahon iqtisodiyoti
- Ta'lim turi:Sinf xonasi
- Ta'lim shakli:To'liq stavka
- Davomiyligi:Uch yil
- Boshlangan sana:2022 yil sentyabr
- Ariza berishning oxirgi sanasi:2022 yil 26 yanvar
Yo'nalish haqida ma'lumot
08.00.09 “Jahon iqtisodiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha kirish imtihoni dasturi talabgorlarning “Jahon iqtisodiyoti” faniga oid asosiy tushunchalar, konsepsiyalar va kategoriyalar bo‘yicha bilimini baholashga, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, raqobatga asoslangan ochiq bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘p sonli muqobil iqtisodiy yechimlar ichidan eng samarali variantni tanlab olish hamda ilmiy asoslangan iqtisodiy takliflar ishlab chiqish ko‘nikmalarini aniqlashga qaratilgan. Dasturda “Jahon iqtisodiyoti” fanining asosiy bo‘limlari va mavzulari hamda imtihonga tayyorlanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yhati keltirilgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida” belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda ham jahon ihqtisodiyotiga oid bilimlarning o‘rni muhimdir.
“Jahon iqtisodiyoti” fanini egallash xalqaro munosabatlarning asosiy yo‘nalishlarini anglash, shuningdek, O‘zbekistonning milliy iqtisodiy siyosati va xalqaro strategiyasini hozirgi jahon iqtisodiyoti rivojidagi asosiy yo‘nalishlar va tendensiyalarga muvofiqligini tushunish uchun asos yaratadi.