Barcha bosqichlardagi ta’lim barqaror taraqqiyotning muhim poydevori hisoblanadi

Barcha bosqichlardagi ta’lim barqaror taraqqiyotning muhim poydevori hisoblanadi

    Barcha bosqichlardagi ta’lim barqaror taraqqiyotning muhim poydevori hisoblanadi

    Barcha bosqichlardagi ta’lim barqaror taraqqiyotning muhim poydevori hisoblanadi

    Joriy yilning 22-aprel kuni Sharq tillari kafedrasi o‘qituvchisi Bernara Giyezova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining hind tilini o‘rganayotgan talabalari bilan Toshkent shahridagi 71-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

    JIDU talabalari yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashuvda ta’limning har bir inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘zlab berishdi. Shuningdek, ular xorijiy tillarni bilish madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishi, ijtimoiy hamjihatlik va adolatga erishishning muhim omillari bo‘lgan madaniy, diniy va til xilma-xilligiga bo‘lgan hurmatni mustahkamlashiga alohida e’tibor qaratishdi.

    Uchrashuv ishtirokchilari ta’limning jamiyat rivojlanishiga mas’ul omillardan biri ekanligini ta’kidladilar, shuningdek, ta’lim olishda teng imkoniyatlar masalalarini muhokama qildilar, o‘quv jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalarining o‘rni va uzluksiz o‘z-o‘zini rivojlantirishning muhimligi haqida fikr almashdilar.

    Uchrashuvlar davomida o‘qituvchilar va talabalar o‘quvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdilar.

    10-11-sinf o‘quvchilari esa o‘z navbatida kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashib, universitet vakillari bilan uchrashuv maktab o‘quvchilariga ko‘proq rag‘bat va ilhom berishini ta’kidlab o‘tdilar.