JIDUda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

JIDUda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 22-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU Yoshlar masalalari va ma’naviy -ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Yusupdjanov tashabbusi bilan, Mirzo-Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamkorlikda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” shiori ostida maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik F.Jabarov va 3-son Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, mayor J.Sharipov universitet talabalari bilan uchrashib, ushbu muhim tashabbusning mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumot berdilar.

    Uchrashuv davomida mehmonlar “Xavfsiz va sog‘lom yurt” shiori ostidagi keng qamrovli ishlar, jumladan, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarga qarshi kurashish kabi muhim yo‘nalishlar haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni jamoat tartibini saqlashga faol jalb etish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi.

    Tadbir ochiq muloqot shaklida davom etdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, soha mutaxassislaridan kerakli javoblarni oldilar. Uchrashuv davomida o‘zaro fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi va talabalarning bu kabi muhim ijtimoiy masalalarga bo‘lgan qiziqishi yaqqol namoyon bo‘ldi.

    JIDU rahbariyati bu kabi tadbirlar yoshlarning huquqiy ongini shakllantirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Universitet kelgusida ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni davom ettirish va talabalar uchun bu kabi foydali uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etishni rejalashtirgan.