
Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida Xalqaro xususiy huquqda oila munosabatlarga bag‘ishlangan mahorat darsi
Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) doirasida Xalqaro xususiy huquqda oila munosabatlarga bag‘ishlangan mahorat darsi

Joriy yilning 14 aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro xususiy huquqda oila munosabatlari” mavzusida 3-bosqich “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari uchun mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda xalqaro xususiy huquqda oila munosabatlar bo‘yicha mutaxassis, Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Raxmonqulova Nilufаr Xodji-Akbarovna taklif etildi.
Mahorat darsi davomida professor N. Rahmonqulova oilaviy huquqiy munosabatlarda kollizion tartibga solish bilan bog‘liq dolzarb masalalarni atroflicha yoritdi. Shuningdek, JIDU “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi professori Imamova Dilfuza BRMning asosiy maqsadlari va ularning muhokama qilinayotgan mavzu bilan o‘zaro aloqadorligi masalalariga ham to‘xtalib o‘tdi.
Talabalar muhokama qilinayotgan mavzuga yuqori qiziqish bildirdilar, muhokamada faol ishtirok etdilar, xalqaro xususiy huquq normalarining oilaviy munosabatlarda amaliy qo‘llanilishiga oid savollar berib, mazmunli va asosli javoblar oldilar.
Mazkur mahorat darsi BRM 16 “Barcha darajalarda tinchliksevar va inklyuziv jamiyatlar qurilishini rag‘batlantirish, adolatga teng huquqli kirishni ta'minlash va samarali, hisobdor hamda inklyuziv institutlarni yaratish” maqsadining 16.3-bandiga, ya’ni “Huquq ustuvorligini ta’minlash va adolatga teng huquqli kirishni ta’minlash”ga hamda BRM 17 “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik” maqsadining 17.6-bandiga, ya’ni “Fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish”ga muvofiq keladi. Bu esa xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, bilim almashinuvi va xalqaro xususiy huquq sohasida ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur mahorat darsi xalqaro xususiy huquq sohasida ilmiy muloqot, akademik aloqalar va ta’lim jarayonini takomillashtirishga muhim hissa bo‘ldi.