JIDUda doktor Vasha Lashlo bilan Vengriya bilan hamkorlikning yangi istiqbollari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

JIDUda doktor Vasha Lashlo bilan Vengriya bilan hamkorlikning yangi istiqbollari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda doktor Vasha Lashlo bilan Vengriya bilan hamkorlikning yangi istiqbollari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda doktor Vasha Lashlo bilan Vengriya bilan hamkorlikning yangi istiqbollari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 15-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Vengriya xalqaro munosabatlar institutining bosh maslahatchisi va katta ilmiy xodimi, Ishtvan Secheni universiteti (Dyor, Vengriya) Mintaqaviy va iqtisodiy fanlar doktorlik maktabi dekani, doktor Vasha Lashlo bilan uchrashuv bolib otdi.

    Uchrashuvda JIDU tomonidan akademik ishlar boyicha birinchi prorektor Akram Umarov va Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) direktori orinbosari Durbek Amanov ishtirok etdi.

    Muzokaralar chogida professor Vasha Lashlo kelgusida akademik va ilmiy hamkorlikka, xususan, JIDU talabalarini Ishtvan Secheni universitetining magistratura va doktorantura talim dasturlariga jalb qilish yonalishida hamkorlik qilishga tayyorligini tasdiqladi. Bundan tashqari, uning tomonidan akademik almashinuv doirasini kengaytirish va qoshma loyihalarni amalga oshirishni boshlash taklif qilindi, bu esa, mehmon takidlaganidek, har ikki tomon talabalari va oqituvchilarining ilmiy va talim faoliyati uchun qoshimcha istiqbollar ochadi.

    JIDU prorektori Akram Umarov tadqiqotchi talabalar uchun almashinuv dasturlarini rivojlantirishga, jumladan, Vengriyada ilmiy ish olib borish uchun qisqa muddatli imtiyozlar imkoniyatiga qiziqish bildirdi. Muhokama doirasida u joriy yilning sentyabr oyida Vengriya va Markaziy Osiyo mamlakatlari ortasidagi munosabatlarga bagishlangan onlayn davra suhbati otkazishni taklif qildi.

    Har ikki tomon hamkorlikni davom ettirish, sheriklikni chuqurlashtirish va qoshma ilmiy nashrlarni amalga oshirish niyatini bildirdi. Shuningdek, Markaziy Osiyo, Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni organishga qaratilgan tadqiqot dasturlarini ishlab chiqishga qiziqish bildirildi.

    Tashrif doirasida professor Vasha Lasho universitet talabalari uchun “Bog‘liqlik tashqi siyosatda yangi yondashuv sifatida: Vengriya misolida” (Connectivity as a new foreign policy approach - the case of Hungary) mavzusida ochiq ma’ruza ham o‘tkazdi. Ma’ruza yakunida faol savol-javoblar qismi ham bo‘lib o‘tdi, unda talabalar mavzuga yuqori qiziqish bildirdilar va Vengriya tashqi siyosatining dolzarb jihatlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.