Yevropa parlamenti delegatsiyasining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrifi

Yevropa parlamenti delegatsiyasining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrifi

    Yevropa parlamenti delegatsiyasining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrifi

    Yevropa parlamenti delegatsiyasining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrifi

    16-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi Tomash Zdexovskiy boshchiligidagi Yevropa parlamenti delegatsiyasi tashrif buyurdilar.

    Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori S.Safoyev rahbarligidagi universitet rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

    Tomonlar akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini batafsil muhokama qildilar. Bu hamkorlik talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini, shuningdek, qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini o‘z ichiga oladi.

    Yevroparlament delegatsiyasi JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan ham qiziqarli suhbat o‘tkazdi. E’tibor markazida Samarqandda 4-5 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” sammitiga oid dolzarb masalalar bo‘ldi. Sammit yakunlari ikki mintaqa o‘rtasidagi munosabatlarni yangi, strategik darajaga ko‘targani bois alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

    Tomash Zdexovskiy Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik, ayniqsa parlamentlararo muloqotni kuchaytirish nihoyatda muhim ekanligini alohida ta’kidladi. Xalqaro aloqalarni rivojlantirishda ta’limning o‘ziga xos o‘rni haqida so‘z yuritarkan, u mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashning muhim vositasi sifatida, ayniqsa, talabalar o‘rtasida faol akademik almashinuvning dolzarbligini aytib o‘tdi.

    Uchrashuv Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikr va g‘oyalar almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.