
E'lon
E'lon

Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tadqiqotchilari va talabalari!
JIDUda Vengriya xalqaro munosabatlar instituti bosh maslahatchisi Vasa László bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi!
Tadbirda “Connectivity as a new foreign policy approach - the case of Hungary” mavzusida ma’ruza ham tashkil etiladi.
Mazkur tadbirga barchangizni taklif qilamiz!
🗓 15-aprel 2025-yil
⏰ 11:30
📍JIDU, “B” bino, 410-xona
🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havolani to‘ldiring!
Professor Vasa László — Széchenyi István universitetining professori hamda Mintaqaviy tadqiqotlar hamda biznes boshqaruvi bo‘yicha doktorantura maktabining dekanidir.
U qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, nemis-venger tarjimasi hamda xalqaro MBA bo‘yicha tahsil olib, Vengriyaning Szent István universitetida PhD darajasini himoya qilgan. Mazkur universitetda dotsent sifatida ishlagan va iqtisodiyot hamda ijtimoiy fanlar fakultetining xalqaro aloqalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari bo‘lgan. Ilmiy faoliyati asosan resurslar iqtisodiyoti, o‘tish davri iqtisodiyoti va Markaziy Yevrosiyo tadqiqotlariga qaratilgan. U Vengriya hamda boshqa mamlakatlardagi doktorantura dasturlarida ilmiy rahbarlik qiladi, bir qancha nufuzli ilmiy jurnallarning tahrir hay’atida ishlaydi. Shuningdek, Yaponiya, Rossiya va Qozog‘iston universitetlarining faxriy doktori va tashrif buyuruvchi professori sifatida xalqaro ilmiy hamkorlikda faol ishtirok etadi.