
JIDUda Shveysariyaing Global jamiyat bilan hamkorlik va barqarorlik fondi vakili ma’ruzasi tashkil etildi
JIDUda Shveysariyaing Global jamiyat bilan hamkorlik va barqarorlik fondi vakili ma’ruzasi tashkil etildi

2025-yil 9-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Global jamiyat bilan hamkorlik va barqarorlik fondi (GCERF, Shveysariya) Markaziy Osiyo mintaqa menejeri Irina Ulmasova-Oliv hamda talabalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Irina Ulmasova-Oliv avvalo “Zo‘ravon ekstremizm” tushunchasi, uning mintaqaviy va global jarayonlarda kelib chiqishi uchun turtki omillar yuzasidan nutq so‘zladi. U ekstremizm va zo‘ravonlikning jamiyatga ta’sirini tahlil qilishda qo‘llaniladigan yondashuvlarga ham to‘xtaldi.
Ma’ruzachi zo‘ravonlik ekstremizmiga qarshi kurashda xalqaro tashkilotlarning roli hamda global miqyosda terrorizmga qarshi kurashishning ahamiyatini yoritib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.