JIDUda Osiyo Parlament Assambleyasi Bosh kotibi Muhammad Rizo Majidiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

JIDUda Osiyo Parlament Assambleyasi Bosh kotibi Muhammad Rizo Majidiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Osiyo Parlament Assambleyasi Bosh kotibi Muhammad Rizo Majidiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Osiyo Parlament Assambleyasi Bosh kotibi Muhammad Rizo Majidiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    2025-yilning 9-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Osiyo parlament assambleyasi Bosh kotibi, Strategik tadqiqotlar instituti prezidenti va Eron Tehron universiteti dotsenti Muhammad Rizo Majidiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda JIDU akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akram Umarov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Gulnoza Ismailova ishtirok etdi.

    Muzokaralar avvalida mehmonga universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi va A. Umarov JIDU tashkil etilganidan buyon erishilgan asosiy yutuqlar va rivojlanish istiqbollari haqida batafsil so‘zlab berdi. Bunga javoban Muhammad Rizo Majidiy samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, o‘zaro hamkorlikdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

    Mehmon, o‘z navbatida, parlamentlar diplomatiyasi va ularning xalqaro munosabatlarda o‘rniga urg‘u bergan holda, tadqiqot va ta’lim sohalarida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Asosiy tashabbus Osiyo Parlament assambleyasi ko‘magida “Parlamentlar diplomatiyasi” kursini tashkil etish bo‘ldi.

    Bunga javoban JIDU ushbu mavzu bo‘yicha onlayn seminarlar va muhokamalar o‘tkazish orqali hamkorlikni boshlashni taklif qildi. Universitet uchun parlamentning diplomatiyadagi rolini o‘rganish yo‘nalishi alohida qiziqish uyg‘otishi ta’kidlandi.

    Bundan tashqari, JIDU tomoni Strategik tadqiqotlar instituti faoliyatiga qiziqish bildirdi va ikki oliy o‘quv yurtlarining ilmiy jurnallarida qo‘shma tadqiqotlar va nashrlarni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

    Tashrif yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish, akademik aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma ta’lim va ilmiy tadbirlarni o‘tkazishga kelishib oldilar. Uchrashuv ishtirokchilari universitetlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, jumladan, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlari, qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.