
JIDU vakili “Siyosiy fanlarning dolzarb muammolari” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etdi
JIDU vakili “Siyosiy fanlarning dolzarb muammolari” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etdi

Joriy yilning 3-aprel kuni Buxoro davlat universitetida “Siyosiy fanlarning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlar, ilmiy markazlarning professor o‘qituvchilari, davlat va jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar vakillari, hamda tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar ishtirok etdi. Shuningdek, ushbu anjumanda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Siyosatshunoslik” kafedrasi professori, siyosiy fanlari doktori Sultanova E’tibor Sidikovna qatnashib, “Siyosiy texnologiyalar siyosat san’ati sifatida” mavzusidagi plenar ma’ruza taqdim etdi.
Konferensiya doirasida turli masalalar muhokama qilindi. Jumladan, siyosatshunoslik fanining dolzarbligi, uning tarixi, fandagi muhim masalalar, davlat boshqaruvidagi yutuqlar, global va mintaqaviy jarayonlarning o‘ziga xosligi, milliy xavfsizlik, siyosiy madaniyat, mafkura va siyosiy intellektning o‘ziga xos jihatlari ko‘rib chiqildi.