JIDU akademik litseyi o‘quvchilariga Nordik universiteti sertifikatlari topshirildi

JIDU akademik litseyi o‘quvchilariga Nordik universiteti sertifikatlari topshirildi

JIDU akademik litseyi o‘quvchilariga Nordik universiteti sertifikatlari topshirildi

Joriy yilning 26-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU va Xalqaro Nordik universiteti o‘rtasidagi qo‘shma dastur asosida tahsil olgan akademik litsey o‘quvchilariga sertifikatlar taqdim qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov, JIDU Akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akram Umarov, akademik litsey rahbariyati, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdilar.

Akademik litseyning 31 nafar o‘quvchisiga sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi. Ularning orasidan eng yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan 9 nafar o‘quvchi Xalqaro Nordik universitetining ikkinchi kursida ta’limni davom ettirish huquqini qo‘lga kiritdi.