JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada Italiya xalqaro aloqalar jamiyati (SIOI) vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘ldi

    2025-yil 25-mart kuni JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada Italiya xalqaro munosabatlar jamiyati (SIOI) vakillari bilan birinchi qo‘shma onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda Diplomatik akademiyaning professor-o‘qituvchilari va magistratura talabalari hamda JIDU doktorantlari va talabalari ishtirok etdilar. Italiya tomonidan Elchi Mauritsio Menni, professor Gulio Pecora va SIOI xodimlari qatnashdi.

    Taqdimot davomida SIOI vakillari Italiyaning Yevropa Ittifoqi faoliyatidagi rolini ta’kidladilar. Shuningdek, Italiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi munosabatlarga ega ekanligi va ayni paytda ushbu davlatlar bilan qayta tiklanadigan energiya manbalarini barpo etish borasida hamkorlikda ish olib borayotgani ta’kidlandi.

    Shu bilan birga, italiyalik diplomatlar tomonidan yosh diplomatlarga mamlakat imijini shakllantirish bo‘yicha maslahatlar berildi. SIOI ekspertlari O‘zbekiston tarixiy nuqtai nazardan qiziqarli mamlakat ekanligini ta’kidladilar. Mamlakatning shuhratini oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalaridan muayyan davlat haqidagi jamiyat fikrini shakllantiruvchi vosita sifatida faol foydalanish taklif etildi. SIOI vakillari, shuningdek, Italiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning mintaqaviy va global miqyosdagi muhimligini qayd etdilar.

    Diplomatik akademiyaning Diplomatik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish fakulteti dekani I.Fayzullayev o’zining O‘zbekiston Respublikasining yangilangan tashqi siyosatiga bag‘ishlangan ma’ruzasida Respublikamizning xorijiy davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligi va ochiqligini ta’kidladi.