JIDUda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va giyohvandlikka qarshi kurashish yo‘llari muhokama qilindi

    Joriy yilning 20-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” mavzusida targibot tadbiri o‘tkazildi.

    Unda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi inspektori Ulug'bek Choriyev, Toshkent shahar IIBB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi bo‘lim boshligʻi Quvondiq Qurbanbayev hamda JIDU professor-oqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

    Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni jinoyatchilik, giyohvandlik, axloqsizlik va boshqa salbiy illatlardan ogohlantirish, ularning sog‘lom va ijtimoiy foydali hayot kechirishiga ko‘maklashish edi.

    Uchrashuv davomida giyohvandlikka qarshi kurash, axloqiy tarbiyani shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

    Tadbir doirasida talabalar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob berishdi. Shuningdek, giyohvandlikni oldini olish bo‘yicha o‘quv-amaliy tadbirida ko‘ngilli sifatida ishtirok etgan Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 1-bosqich talabalari universitet rahbaryati tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

    Bu kabi targ‘ibot tadbirlari yoshlar o‘rtasida ma’naviy tarbiyani kuchaytirish va ularni turli xavf-xatarlardan himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.