Yaponiyalik talabalar delegatsiyasi JIDUga tashrif buyurdi

Yaponiyalik talabalar delegatsiyasi JIDUga tashrif buyurdi

    Yaponiyalik talabalar delegatsiyasi JIDUga tashrif buyurdi

    Yaponiyalik talabalar delegatsiyasi JIDUga tashrif buyurdi

    Joriy yilning 21-fevralidan 14-martigacha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) hamda Tokio chet tillar universiteti (Yaponiya) o‘rtasidagi hamkorlik doirasida 10 nafar yaponiyalik talabalardan iborat delegatsiyaning tashrifi amalga oshirildi.

    Yaponiyaning Vaseda universiteti, Xokkaydo universiteti, Tokio chet tillar universiteti kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalari rus tili kursini o‘tdilar. O‘z navbatida, yapon tilini o‘rganayotgan JIDU talabalari mehmononlarni o‘zbek xalqining madaniyati va an’analari bilan tanishtirish barobarida, O‘zbekiston milliy taomlarini tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazdilar.

    JIDU Sharq tillari kafedrasi Toshkentning tarixiy joylariga va muzeylariga sayohatlarni o‘z ichiga olgan mazmunli madaniy dasturni tashkil etdi.

    JIDU talabalari uchun bunday hamkorlik shakli ta’lim jarayonining muhim qismi hisoblanadi va so‘zlashuv tilini amalda qo‘llash, shuningdek, umuman Yaponiya haqidagi bilimlarini kengaytirish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.