JIDU magistranti Raisina-IE Global Student Challenge 2025 tanlovida ishtirok etdi

JIDU magistranti Raisina-IE Global Student Challenge 2025 tanlovida ishtirok etdi

    JIDU magistranti Raisina-IE Global Student Challenge 2025 tanlovida ishtirok etdi

    JIDU magistranti Raisina-IE Global Student Challenge 2025 tanlovida ishtirok etdi

    Joriy yilning 20-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) “Xalqaro munosabatlar” fakulteti magistranti Sherzod Fayzaxmatov Hindistonning Yangi Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli Raisina-IE Global Student Challenge 2025 tanlovida ishtirok etib, O‘zbekiston vakili sifatida qatnashdi.

    Observer Research Foundation (ORF) va IE University hamkorligida tashkil etilgan ushbu xalqaro tashabbus dunyoning 60 mamlakatidan 60 nafar iqtidorli talabani jamlab, ularni global boshqaruv, xalqaro hamkorlik va dolzarb siyosiy muammolar bo‘yicha muhokamalarga jalb etdi.

    Sh.Fayzaxmatov yetakchi universitetlarning iqtidorli talabalaridan iborat global forumda faol ishtirok etdi. U xalqaro muhokamalarda o‘z fikrlarini bildirdi hamda hozirgi dunyodagi dolzarb muammolar bo‘yicha innovatsion yechimlar taklif qildi. Uning ishtiroki O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi rolini mustahkamlashga va yosh mutaxassislarning diplomatiya hamda xalqaro siyosat sohasida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

    Ma’lumot uchun. Raisina-IE Global Student Challenge 2025 Hindistonning eng nufuzli geosiyosat va geoiqtisodiyot bo‘yicha anjumani – Raisina Dialogue doirasida bo‘lib o‘tdi. O‘zining 10-yilligini nishonlagan mazkur tadbirni Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ochib berdi, asosiy mehmon sifatida esa Yangi Zelandiya Bosh vaziri Kristofer Lakson ishtirok etdi. Joriy yilgi tanlov “Ko‘priklar qurish: Shimol va Janub o‘rtasidagi tafovutlarni kamaytirish” mavzusiga bag‘ishlanib, multilateralizm va raqamli tafovut kabi dolzarb global masalalarni muhokama qilishga qaratildi.