JIDUda Aichi prefekturasi universiteti doktori talabalarga ma’ruza qildi

JIDUda Aichi prefekturasi universiteti doktori talabalarga ma’ruza qildi

    JIDUda Aichi prefekturasi universiteti doktori talabalarga ma’ruza qildi

    JIDUda Aichi prefekturasi universiteti doktori talabalarga ma’ruza qildi

    2025-yil 19-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Aichi prefekturasi universiteti Yaponshunoslik maktabining Yaponiya tarixi va madaniyati kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar doktori Aziz Ismatovning “Osiyoda huquqiy rivojlanishning yo'nalishi qanday? Biz qayerda edik va qayerga ketmoqdamiz” mavzusida ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

    M’ruza davomida Osiyodagi siyosiy, iqtisodiy va huquqiy o‘zgarishlarning asosiy jihatlari yoritildi. Xususan, postsotsializm masalalari va mintaqadagi hozirgi jarayonlarni chuqurroq anglash uchun turli mamlakatlarning tarixiy tajribasi tahlil qilindi.

    A.Ismatov turli huquqiy tizimlar tajribasidan misollar keltirib, rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tish, sotsialistik qonunchilik va huquq ustuvorligi o'rtasidagi farqlar hamda sud islohotlari masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Tadbir davomida talabalar faol ravishda savollar berishdi, bu esa mavzuga doir jonli va qiziqarli munozaralarga sabab bo‘ldi.

    Ma’ruza Osiyoning huquqiy, siyosiy va ijtimoiy dinamikasi bilan qiziqqan barcha ishtirokchilar uchun muhim voqea bo‘ldi va tinglovchilarga ushbu ko‘p qirrali mintaqani chuqurroq anglash imkonini berdi.