JIDU jamoasi John H. Jackson Moot Court Competition musobaqasining G‘arbiy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bosqichida kuchli beshlikka kirdi

    Joriy yilning 7-10 mart kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti talabalari Sarvinoz Abdunazarova, Bohodir Dadaev, Eldor Elmurodov va Kamola Usmonova tarkibidagi jamoasi Jahon savdo tashkiloti (JST) huquqiga bag‘ishlangan John H. Jackson Moot Court Competition xalqaro musobaqasining G‘arbiy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bosqichida ishtirok etdi.

    Jamoaning murabbiylari “JST huquqi” kafedrasi o‘qituvchilari Umid Yakubxo‘jayev va Diyora Shukurova bo‘ldi. Hindistonda bo‘lib o‘tgan musobaqada Hindiston hamda Shri-Lankaning yetakchi universitetlaridan 26 jamoa qatnashdi. 

    Keskin raqobat sharoitida JIDU jamoasi JST huquqi bo‘yicha chuqur bilimini, tahliliy qobiliyatlarini hamda notiqlik mahoratini namoyish etib, turnirning eng kuchli besh jamoasi qatoridan joy oldi. Bu natija universitet talabalari tayyorgarligining yuqori darajada ekanini va ularning xalqaro maydonda samarali chiqish qila olish qobiliyatini yana bir bor tasdiqladi. 

    Ma’lumot uchun. John H. Jackson Moot Court Competition — bu JST nizolarni hal qilish tizimi doirasida savdo nizolarini modellashtirishga bag‘ishlangan, huquqshunoslik yo‘nalishidagi talabalarning har yili o‘tkaziladigan nufuzli musobaqasidir. Musobaqa Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan hamkorlikda tashkil etilib, xalqaro savdo huquqiga bag‘ishlangan. Tanlovning asosiy maqsadi ishtirokchilarning JST xalqaro savdo huquqi va nizolarni hal qilish jarayoni bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish, shuningdek, ko‘p tomonlama savdo muzokaralarida qatnashish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.