
JIDU vakillari Anqara Yildirim Boyazit universiteti tomonidan tashkil qilingan malaka oshirish kurslarida qatnashdilar
JIDU vakillari Anqara Yildirim Boyazit universiteti tomonidan tashkil qilingan malaka oshirish kurslarida qatnashdilar

Joriy yilning 17-28-fevral kunlari Anqaradagi O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Roman-german tillari” kafedrasi turk tili o‘qituvchilari PhD., dotsent X.Imamova va N.Xodjayeva Turkiya Jumhuriyatining Anqara Yildirim Boyazit universiteti tomonidan tashkil qilingan “Xorijlik talabalarga turk tilini o‘qitish” mavzusi bo‘yicha malaka oshirish kurslarida qatnashdilar.
Ushbu malaka oshirish kursida turk tili o‘qituvchilari Anqara Yildirim Boyazit universiteti professor-o’qituvchilaridan xorijlik talabalarga turk tilini o‘qitish borasida qiziqarli ma’ruzalar tinglab ma’lumotlar oldilar.
Kurs yakunida X.Imamova va N.Xodjayeva qiziqarli prezentatsiyalar va videodars namunalarini muvaffaqiyatli tayyorlab, tegishli sertifikatlarga ega bo‘ladilar.
Sana: | 01.03.2025 |
Ko'rganlar soni: | 22 |
Ulashish: |