
JIDU akademik litseyi o‘quvchi qizlar uchun davra suhbati tashkil qilindi
JIDU akademik litseyi o‘quvchi qizlar uchun davra suhbati tashkil qilindi

2025-yil 14-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida «Ayol salomatligi – mustahkam jamiyat asosi» mavzusida o‘quvchi qizlar uchun davra suhbati tashkil qilindi. Unda JIDU professori, siyosiy fanlar doktori, universitet Xotin-qizlar kengashi raisi E’tibor Sultanova ma’ruza bilan ishtirok etdi.
E.Sultanova o‘z ma’ruzasida mamlakatimizda ayollar salomatligini mustahkamlash, turli xastaliklar xavfini kamaytirish, sog‘lom oilani shakllantirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohaga tatbiq etilayotgan islohotlar xususida o‘quvchi qizlarga atroflicha ma’lumot berdi.
Tadbirda akademik litsey qizlari tomonidan “Ayollar salomatligi” mavzusida turli taqdimotlar namoyish qilinib, tibbiyot sohasiga ulkan hissa qo‘shgan ayollar haqida suhbat uyushtirildi. Jumladan, zamonaviy tibbiyot asoschilaridan biri Florens Naytingeyl, radioterapiyani kashf qilgan olima Mariya Kyuri va Oxford/AstraZeneca vaksinasini ishlab chiqishda muhim ro‘l o‘ynagan Sara Gilbert haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, suhbat davomida universitetning “Lider qizlar” klubi yetakchisi, “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va menejment” fakulteti 3-bosqich talabasi Dilshoda Juraboyeva ham taqdimot o‘tkazib, klubning maqsad va vazifalari xususida yig‘ilganlarga tushunchalar berdi.
Qizlarning huquqlari, imkoniyatlari hamda ayollarning fan va tibbiyot sohasidagi o‘rni haqida xabardorlikni oshirishga xizmat qilgan davra suhbati iliq va informativ ruhda o‘tdi.
Sana: | 16.03.2025 |
Ko'rganlar soni: | 144 |
Ulashish: |